Сообщения

Сообщения за апрель, 2021

Telegramda video chatlar

Kuni kecha Pavel Durov o'zining Telegram kanalida post joyladi 📲 Postda Yaqin kunlarda Telegramda kutilayotgan audiochatlardagi videoni ham yoqish funksiyasi haqida yozilgan.  Guruh va kanallardagi ovozli chatlarga to'liq o'rganishga ulgurmagan paytimizda, Telegram ovozli chatlarga videoni ham qo'shmoqchi! 💪 Durovning yozishicha, yangilik may oyida ishga tushadi. "Ekranni uzatish, shifrlash, shovqinni kamaytirish, kompyuter va planshetlarni qo'llab-quvvatlash — zamonaviy videokonferensiya vositalidan kutishingiz mumkin bo'lgan narsalar, ammo Telegram UI darajasi bilan hammasi tezkor va konfedensial. Biz bilan qoling!" , deydi biznesmen o'z maqolasida. 🤩 Demak, do'stlar yoki hamkasblar davrasida endi faqat audiochat emas, videochatlarni ham tashkillashtira olamiz. Buning uchun Telegramning may oyidagi versiyasi chiqishini kutishimiz kerak ekan.

Facebook | Audio podkastlar

Изображение
Facebook’da kutilayotgan bir qator yangiliklar 📲 Axios.com saytining ma’lumotiga qaraganda, Facebook rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ovozli instrumentlar haqida xabar bergan. • Soundbites — foydalanuvchilar profil va sahifalariga joylashtirishlari uchun qisqa audiokliplar; • Clubhouse’dagiga yoki Telegramdagi ovozli chatga o’xshagan audioxonalar. Bunday xonalarda foydalanuvchilar spikerni eshitishadi, nutqqa o’z fikrlarini bildirishadi; • Facebook audiopodkastlar borasida ham yangilik amalga oshirmoqchi. Ijtimoiy tarmoqning podkastlar uchun ichki instrumenti ishlab chiqilishini taxmin qilyapmiz. Sukerbergning so’zlariga qaraganda, Facebook bu borada boshqa ilova bilan hamkorlik muzokaralarini olib borayotgan ekan. • Undan tashqari, audiofayllar egalariga monetizatsiya ham va’da qilinmoqda. Monetizatsiya foydalanuvchilarning pulli obuna bo’lishlari natijasida amalga oshiriladi. Ya’ni, bir foydalanuvchi sizning podkastlaringizni eshitish

Telegramdagi ovozli chatlar

Изображение
Telegramdagi ovozli chatlar 📢 So’nggi paytlarda juda ko’p kanal va guruh adminlari ishlatayotgan ovozli chatlar yanada yaxshilandi. ⏳ Endi ovozli chatlarning boshlanish vaqtini oldindan rejalashtirib qo’yish mumkin!

Telegram | To’lov tizmi

Изображение
 Yangilikka oz fursatlar qolmoqda! 👉 O’qigan bo’lsangiz, Telegramda to’g’ridan-to’g’ri to’lov qilish funksiyasi haqida yozgan edik. Telegram do’konning demo versiyasi endi barcha tizilmar (Android, iOS, Windows, MacOS) uchun ochiq! 🤗 Tez kunlarda yangi funksiya to’laqonli ishga tushirilishini kutib qolamiz!

Marketing trendlari | Video kontent

Изображение
  Navbatdagi marketing trendi — Video kontent 📰 HubSpot nashrining ma’lumotiga qaraganda (https://blog.hubspot.com/marketing/video-marketing-statistics#sm.0000f7ujhkwrse8sqa62aq63w23fi): • Reklamalarga video kontentning qo’shilishi kliklar sonini 200-300%ga oshirishi mumkin; • Landing Page’ga video qo’yilishi - konversiyani 80%gacha ko’tarishi mumkin; • 90% xaridorlar fikriga ko’ra, mahsulot haqidagi video - qaror qabul qilishga katta yordam beradi; • YouTube ma’lumotiga ko’ra, video kontent ixlosmandlari yiliga 100%ga ko’paymoqda; • 64% xaridorlar mahsulot yoki xizmat haqidagi videoni ko’rganlaridan keyin, katta ehtimol bilan uni sotib olishadi; • 87% digital marketologlar o’z rejalarida video kontent uchun joy ajratmoqdalar; • Odamlar internetda o’tkazadigan vaqtlarining 1/3 qismi video ko’rishga ketadi; • Video reklamalar hozirgi onlayn marketing xarajatlarining 35% qismini o’z hisobiga oladi; • Kompaniya rahbarlarining 59% qismi blogdagi matnni o’qishdan ko’ra, video ko’rishni ma’

Marketing trendlari | PWA

Изображение
PWA (Progressive Web App - Progressiv veb ilova) 📱 2007-yilda Apple kompaniyasi tomonidan tuzilgan loyiha. PWA - mobil ilova kabi funksiyalarga ega: qulay va smartfonga moslashgan interfeys, yo’riqnomalar jo’natish (iOS’da uzrli), asosiy oynada yorliq o’rnatish, smartfonga bog’langan qurilmalar bilan ishlay olish (cheklovlar mavjud), oflayn rejimda ishlash va boshqalar. 💻 Uni smartfon (kompyuter)ga o’rnatish uchun Play Market, AppStore, Microsoft Store kabi “o’rtakash” dastur va ilovalar kerak emas! Qulayliklari: • https protokoli orqali ishlagani uchun, xavfsiz deya e’tirof etish mumkin; • Uning dizayni va ishlash algoritmini tuzish, o’zgartirish ko’p vaqt olmaydi; • Kompyuter, planshet, smartfon hatto sotuv zalidagi maxsus terminallarga ham o’rnatish mumkin; • Tuzuvchilar o’zgartirish va qo’shimchalarni masofadan turib kiritishlari mumkin; • Yangi versiya chiqqanida foydalanuvchilar uni o’zlari yangilashlari talab etilmaydi... Noqulayliklari: • iOS’da bir qator muammolari bor: Siri

Marketing trendlari | Shaxsiylashtirish (Personalizatsiya)

Изображение
Bugundan boshlab, blogda eng so’nggi, zamonaviy, yuqori talabga ega bo’lgan, effektiv marketing trendlari haqida fikr yuritamiz. Ilk mavzu: Shaxsiylashtirish (Personalizatsiya) 👉 Bundan keyin doim personallashgan offertalarning bozori chaqqonlashib boraveradi. Demak, SMMda, flayer, bannerlarda personalrizatsiyadan foydalanish, e-mail, sms marketinglar rivojlanadi. 👇 Bu fikrga isbot tariqasida quyidagi raqamlarni keltiramiz: • 63% xaridorlar umumiy (hamma uchun) chiqarilgan reklamalardan zerikishgan; • 90% xaridorlar fikricha, personallashtirilgan reklamalar ko’proq e’tiborni tortadi. 👇 Bu usuldagi marketing usullaridan bir nechtasini esga olamiz: • Coca-cola o’zining mahsulotlari muqovasiga eng ko’p tarqalgan ismlarni yozishni boshlaganda uning savdosi 2,5%ga ko’tarilgan. Ajablanarlisi, o’sha vaqtgacha 11 yil davomida kompaniya savdosi faqat tushib ketayotgan edi. • Starbucks mobil ilova orqali mijozning xaridlar tarixini o’rganishni, kofeni o’zi uchun sozlash imkonini berish baroba