Marketing trendlari | Video kontent

 


Navbatdagi marketing trendi — Video kontent


📰 HubSpot nashrining ma’lumotiga qaraganda (https://blog.hubspot.com/marketing/video-marketing-statistics#sm.0000f7ujhkwrse8sqa62aq63w23fi):


• Reklamalarga video kontentning qo’shilishi kliklar sonini 200-300%ga oshirishi mumkin;


• Landing Page’ga video qo’yilishi - konversiyani 80%gacha ko’tarishi mumkin;


• 90% xaridorlar fikriga ko’ra, mahsulot haqidagi video - qaror qabul qilishga katta yordam beradi;


• YouTube ma’lumotiga ko’ra, video kontent ixlosmandlari yiliga 100%ga ko’paymoqda;


• 64% xaridorlar mahsulot yoki xizmat haqidagi videoni ko’rganlaridan keyin, katta ehtimol bilan uni sotib olishadi;


• 87% digital marketologlar o’z rejalarida video kontent uchun joy ajratmoqdalar;


• Odamlar internetda o’tkazadigan vaqtlarining 1/3 qismi video ko’rishga ketadi;


• Video reklamalar hozirgi onlayn marketing xarajatlarining 35% qismini o’z hisobiga oladi;


• Kompaniya rahbarlarining 59% qismi blogdagi matnni o’qishdan ko’ra, video ko’rishni ma’qul ko’rishadi...


📹 Marketingda video kontentdan foydalanish borasida ko’p gapirish shart emas. Muhimi, video sifati, audio yoqimliligi, ma’lumotlar aniqligi, yozuvlar tushunarliligi, u aylanadigan platforma, auditoriyaga moslik darajasiga katta ahamiyat bering!

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Telegramda video chatlar

Telegram | To’lov tizmi