Facebook | Audio podkastlar

Facebook’da kutilayotgan bir qator yangiliklar

📲 Axios.com saytining ma’lumotiga qaraganda, Facebook rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ovozli instrumentlar haqida xabar bergan.

• Soundbites — foydalanuvchilar profil va sahifalariga joylashtirishlari uchun qisqa audiokliplar;

• Clubhouse’dagiga yoki Telegramdagi ovozli chatga o’xshagan audioxonalar. Bunday xonalarda foydalanuvchilar spikerni eshitishadi, nutqqa o’z fikrlarini bildirishadi;

• Facebook audiopodkastlar borasida ham yangilik amalga oshirmoqchi. Ijtimoiy tarmoqning podkastlar uchun ichki instrumenti ishlab chiqilishini taxmin qilyapmiz. Sukerbergning so’zlariga qaraganda, Facebook bu borada boshqa ilova bilan hamkorlik muzokaralarini olib borayotgan ekan.

• Undan tashqari, audiofayllar egalariga monetizatsiya ham va’da qilinmoqda. Monetizatsiya foydalanuvchilarning pulli obuna bo’lishlari natijasida amalga oshiriladi. Ya’ni, bir foydalanuvchi sizning podkastlaringizni eshitish uchun pul to’laydi, shu pulning ma’lum qismi sizga beriladi.

👉 Ushbu yangiliklar bir necha oydan keyin ishga tushishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy tarmoq an’anasiga ko’ra, dastlab bu instrumentlardan kichik auditoriya foydalansa kerak.



Комментарии

ebenezerqualley написал(а)…
C64 Cobra vs Titanium Drill Bits - Titanium Art
cobalt vs titanium titanium rod in femur complications drill bits titanium plate flat iron - the world's largest and most advanced titanium cost C64, and is manufactured to titanium joes withstand titanium nitride coating service near me the harsh conditions and cold winters.

Популярные сообщения из этого блога

Telegramda video chatlar

Telegram | To’lov tizmi