Marketing trendlari | PWA
PWA (Progressive Web App - Progressiv veb ilova)
📱 2007-yilda Apple kompaniyasi tomonidan tuzilgan loyiha. PWA - mobil ilova kabi funksiyalarga ega: qulay va smartfonga moslashgan interfeys, yo’riqnomalar jo’natish (iOS’da uzrli), asosiy oynada yorliq o’rnatish, smartfonga bog’langan qurilmalar bilan ishlay olish (cheklovlar mavjud), oflayn rejimda ishlash va boshqalar.
💻 Uni smartfon (kompyuter)ga o’rnatish uchun Play Market, AppStore, Microsoft Store kabi “o’rtakash” dastur va ilovalar kerak emas!
Qulayliklari:
• https protokoli orqali ishlagani uchun, xavfsiz deya e’tirof etish mumkin;
• Uning dizayni va ishlash algoritmini tuzish, o’zgartirish ko’p vaqt olmaydi;
• Kompyuter, planshet, smartfon hatto sotuv zalidagi maxsus terminallarga ham o’rnatish mumkin;
• Tuzuvchilar o’zgartirish va qo’shimchalarni masofadan turib kiritishlari mumkin;
• Yangi versiya chiqqanida foydalanuvchilar uni o’zlari yangilashlari talab etilmaydi...
Noqulayliklari:
• iOS’da bir qator muammolari bor: Siri bilan bog’lanmaydi, Apple Pay’ga ulanmaydi, 50 Mb’dan katta fayllarni saqlay olmaydi;
• Oflayn ishlaganda imkoniyatlar cheklanadi;
• PWA bilan ishlaganda, smartfonlarda odatdagidan ko’proq quvvat sarfi kuzatiladi...
🛒 Lekin, marketingda dadil qadamlar tashlashdan qo’rqmaydiganlar uchun juda mos keladi. PWA’dan bugungi kunda e-commerce (internet do’konlar)da keng foydalanib kelinmoqda.
📈 Hozirda onlayn savdoning 60% qismi onlayn kanallar orqali amalga oshmoqda. 2021-yil oxiriga kelib bu ko’rsatkich 73%ga oshishi bashorat qilingan (https://www.statista.com/statistics/806336/mobile-retail-commerce-share-worldwide/).
Jahon tajribasidan misollar:
🔸 Starbucks mobil ilovasining PWA klonini ishlab chiqqanda, uning ilovaga nisbatan hajmi 99,84% kichik bo’lgan. Undan tashqari, smartfon orqali buyurtma berish 2 barobar oshgan.
🔸 AliExpress’da ham PWA’ning sharofati bilan, yangi foydalanuvchilar konversiyasi 104%ga o’sgan.
O’zingiz ayting, Play Market yoki App Store’dan ilova yuklab olish sizga ham yoqmaydi-ku, shunday emasmi?!
P. S. PWA’dan bugungi kunda mashhur Twitter, Nikkei, Lancôme, Forbes kabi kompaniyalar ham foydalanishadi.
Комментарии
Our 메리트 카지노 쿠폰 online casino has the latest games like roulette, blackjack, 메리트카지노 slots and a lot more for 제왕카지노 you. Join us today!Roulette · Baccarat · Soulette · Baccarat · Baccarat’s Online · Bonanza Slots