Apple 6G texnologiyasi ustida ishlaydi(mi?)


📱 Bundan bir necha oy oldin Apple kompaniyasining 5G texnologiyasida ishlovchi smartfonlari ommaga taqdim etildi. Lekin bu hech kimni hayratga solmadi. Sababi, 5G texnologiyasini smartfonlarda qo’llash ancha oldin boshlab yuborilgan edi.

🥺 O’sha vaqtlarda Apple va chiplar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyalari orasidagi nizolar Tim Kuk jamoasiga 5G ustida ishlashga xalal bergandi.

💪 Endi “tishlangan olma” yana bir qadam oldinga o’tib olishni maqsad qilgan ko’rinadi. Ular endi 6G texnologiyasini ishlab chiqmoqchilar! Kompaniya yaqinda o’z saytiga bo’sh ish o’rni haqidagi e’lonni joylashtirdi. “Injener” lavozimidagi xodim “Yangi avlod simsiz aloqa tizimlarini tadqiq qilish va rivojlantirish mutaxassisi” bo’lishi kerak! Ushbu vakansiya Kupertino va San Diegodagi ofislarda ochilgan.

👉 Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, o'tgan yili Apple 6G standartlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ittifoqiga qo'shildi. Umuman olganda, 6G texnologiyasi — mavhum narsa: ishlab chiqarishning taxminiy sanasi, uning texnik xususiyatlari aniq emas. Lekin, 6G teragerts diapazonda ishlashi va 5G dan 100 barobar tezroq bo’lishi kutilmoqda. Eslatib o’tamiz, 5G texnologiyasida erishish mumkin bo’lgan eng yuqori tezlik (ideal sharoitda) - 20 Gb/s.

Комментарии

Анонимный написал(а)…
The King Casino Company - Ventureberg
It goyangfc was born in 1934. The Company https://septcasino.com/review/merit-casino/ offers luxury hotels, If you don't have a poker หาเงินออนไลน์ room in your house, then you'll ventureberg.com/ find a poker room https://septcasino.com/review/merit-casino/ in the

Популярные сообщения из этого блога

Telegramda video chatlar

Telegram | To’lov tizmi